Tanlov · Gibrid · Oʻzbekiston
«Yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida birinchi onlayn auksion» respublika badiiy tanlovi 2026
Art Vernissage auksion uyi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
- 10–11-sinflar
- Narxi eʼlon qilinmagan
Tanlov · Yuzma-yuz
Prezidentning 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-391-son qarori bilan joriy etilgan, maktab ansambllari oʻrtasida milliy va jahon musiqasi yoʻnalishlarida har yili oʻtkaziladigan respublika tanlovi. Respublika bosqichi gʻoliblari xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Prezidentning 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-391-son qarori bilan Madaniyat vazirligiga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda 2025-yil 1-apreldan boshlab “Turon” maktab teatri tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va ular oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovini oʻtkazish topshirilgan. Tanlov har yili milliy va jahon musiqasi yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi. Respublika bosqichi xarajatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. 2025-yilgi Uychi tuman bosqichida 46 ta maktab ansambllari dutor, rubob, chang, nay va doira joʻrligida oʻzbek xalq kuylarini ijro etdi, gʻolib ansambl viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi.